O`rtaer dengizida joylashgan Gresiyaga qarashli Lesbos orolidan boshpana topgan migrantlar soni 8000 etdi, deb xabar qildi Vesti nashri.
Hozirda oroldagi qochoqlar og`ir sharoitlarda yashashga majbur bo`lishmoqda. Tez-tez kuzatilayotgan yog`ingarchilik tufayli kelib chiqqan suv toshqinlari chodirlarni oqizib ketmoqda. Mahalliy aholi vakillari esa uchinchi bora muxojirlarga qarshi norozilik namoyishlari o`tkazishgan. Ular orolda qochoqlar yashashini xohlashmayapti.






