1

Buyuk adibning 125 yillik yubileyi o`tkaziladi

Madaniyat 05.12.2018, 16:24
Buyuk adibning 125 yillik yubileyi o`tkaziladi

Mamlakatimizda 2019 yilning oktyabr oyida buyuk o`zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi keng nishonlanadi, deb xabar berdi O`zA.

Shu munosabat bilan Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog`i Ichki ishlar vazirligidan Toshkent shahar hokimligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul o`tkaziladi. Istirohat bog`ida Abdulla Qodiriy ijodiga bag`ishlangan adabiy muzey, ijodiy maktab, kutubxona barpo etiladi. Adibning mahobatli haykali o`rnatiladi. Yozuvchi yashab ijod qilgan uy – Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Samarqand darvoza ko`chasi 35 va 37-uy manzillarida Abdulla Qodiriy uy-muzeyi tashkil etiladi.

2019 yilning aprel oyida “Abdulla Qodiriy ijodining ma`naviy-ma`rifiy ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiya hamda adib tavalludiga bag`ishlangan tantanali adabiy-badiiy kecha bo`lib o`tadi. Respublika teatrlarida adib asarlari asosida spektakllar sahnalashtiriladi.

“O`zbekkino” milliy agentligi tomonidan Abdulla Qodiriy hayoti va faoliyati haqida badiiy film, asarlari asosida qisqa metrajli film yaratiladi. Shuningdek, mamlakatimiz oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o`rta ta`lim muassasalarida adib hayoti va ijodiga bag`ishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, davra suhbatlari, ijodkorlar bilan uchrashuvlar uyushtiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xalqimizning sevimli yozuvchisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligini keng nishonlash to`g`risidagi farmoyishida yuqoridagi ishlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1