Evropadagi yirik masshtabli operasiya natijasida Italiyaning "Ndragenta" mafiyasi a`zosi deb gumon qilingan 90 ga yakin kishi qo`lga olindi, deya xabar qilmoqda Gazeta.ru nashri.
Ularga, shuningdek, narkotik savdosi va zo`ravonlik ayblovlari qo`yilmokda. Italiyalik konun himoyachilari Germaniya, Niderlandiya, Belgiya va lotin amerikalik hamkasblari bilan surishtiruv olib borishgan. "Ndragenta" Italiyadagi eng kuchli mafiya to`dasi hisoblanadi. Ular narkotiklar, asosan kokain savdosini boshqarishadi va Janubiy Amerikadan turib Evropa kanallarini ta`minlab turadi. Ma`lumot uchun, surishtiruv ishlari 2016 yilda boshlangan edi.






