Fransiyada benzin narxining oshirilishi natijasida namoyishlar kuzatilayotgani haqida xabar bergan edik.
Bu esa o`z o`rnida futbol uchrashuvlariga ham ta`sir qilmay qolmadi. Namoyishlar sabab Fransiya 1-divizioni doirasidagi bir nechta o`yinlar qoldirildi. Bu uchrashuvlar orasida mamlakat chempioni PSJ ishtirokidagi o`yin ham bor.
Ushbu o`yinlar noma`lum muddatga qoldirildi.