AsosiyJamiyat

Toshkentdagi kafeda gazli shar yorilishi natijasida bolalar jarohat oldi

'Toshkentdagi kafeda gazli shar yorilishi natijasida bolalar jarohat oldi'ning rasmi

Bugun ko`plab bayramlarda havo sharlaridan foydalaniladi. Tug`ilgan kun, yangi do`kon yoki ofislarning ochilish marosimlarini bezash uchun turli xil havo sharlari ishlatilishi odat tusiga kirib qoldi.

Ammo bu kabi havo sharlarini xarid qilishdan oldin albatta ularning sog`liq uchun xavfsizligiga va geliy bilan to`ldirilganligiga ishon hosil qilish zarur.

Sababi, ba`zi bir insofsiz sotuvchilar yoqilg`i gazi bilan to`ldirilgan sharlarni sotishmoqda. Bunday sharlar inson sog`lig`iga va hayotiga xavf tug`dirishi barchaga ayon. Kichik bir uchqun sababli ham bu kabi sharlar portlab, ichidagi gaz yonib ketadi. Natijada inson sog`lig`iga jiddiy zarar etib, tanasi kuyish mumkin.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmatining ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning noyabr oyida Uchtepa tumanidagi “Chiroqchi” kafesida tug`ilgan kun nishonlash jarayonida yonib turgan shamli tort oldida tabiiy gaz bilan to`ldirilgan shar portladi. Oqibatda to`rt nafar qizlarning yuz va qo`llarida turli darajadagi kuyish izlari qolgan.

    Boshqa yangiliklar