Lyuksemburg hukumati mamlakatdagi barcha jamoat transportini bepul qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda RT.com nashri.
Olingan xabarlarga ko`ra, avtobuslar, tramvaylar va poezdlarga to`lov 2019 yilning yozida bekor qilinadi. Ma`lumotlarga ko`ra, bu holat Lyuksemburgdagi ekologik vaziyatni yaxshilashda hamda tirbandliklarni kamaytirishga yordam berishi kutilmoqda.






