Qozog`istondagi har kungi “Liter” jamoat-siyosiy nashrida O`zbekiston respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi, shuningdek viloyat, tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar haqida maqola chop etildi.
“Jahon” Axborot agentligi xabar berishicha, maqolada saylovoldi chora-tadbirlar kalendari, O`zbekistonda ikki palatali parlamentning faoliyati hamda mamlakatning yuqori qonunchilik organidagi joriy holat haqida batafsil ma`lumot keltirilgan.
Bundan tashqari, O`zbekiston Ekologik harakatiga ham saylovlarda qatnashish huquqining berilgani mamlakatdagi sanoatlashtirish davrida ekologik muammolarni faollashtirishda ulkan qadam sifatida qayd etilgan.
Shuningdek, maqolada O`zbekistondagi asosiy siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari izohiga ham alohida to`xtalgan.





