Benchmark AnTuTu 2018 yilning eng mashhur Android-smartfonlarini ma`lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.
Ro`yxatning birinchi o`rnida Xiaomi Mi 8 Explorer Edition smartfoni.
Ikkinchi o`rinda Samsung Galaxy S9+. Uchinchi o`rin esa Meizu 16thga nasib etgan.
Ro`yxatdan, shuningdek, Huawei Mate 10 Pro, Oppo Find X, Meizu 16th Plus, OnePlus 6, Huawei Mate 10, Vivo NEX Ultimate hamda Samsung Galaxy S8+ smartfonlari ham o`rin olgan.






