AsosiyJamiyat

Gulistonda AYoQSh xo`jayinining qotillari sud qilindi

Jinoyat ishlari bo`yicha Sirdaryo viloyat sudi qasdan qotillik sodir etganligi uchun aka-uka Bosim Musabekov va Shokir Sattorovlarni 24 yildan qamoq jazosiga mahkum qildi, deya xabar beradi 12news.uz.

Viloyat sudidagi manbaning xabar berishicha, hammasi viloyatning Xovos tumani hududidan topilgan boshsiz tana sabab boshlandi.

“Surishtiruv ishlarini olib borish jarayonida aniqlandiki, marhum mahalliy avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchasi rahbari bo`lgan.  Qotillik esa ikki o`rtada o`qishga kiritish ortidan kelib chiqqan janjal sabab amalga oshirilgan. svyazanny postupleniem na uchebu. Bosim Musabekov o`g`lini 2 ming dollar evaziga o`g`lini Chirchiq olimpiya zahiralari kollejiga o`qishga kirita olmaydi. Buning uchun esa u AYoQSh rahbarini ayblaydi va akasi Shokir Sattorov bilan uning hayotiga zomin bo`lishadi. Jinoyatchilar boshsiz tanani Xovos tumani hududida Guliston kanaliga tashlab yuborishadi. Marhumning mashinasini esa cho`ktirishadi”, deydi manba.

    Boshqa yangiliklar