AsosiyMadaniyat

Frederik Starr: O`zbekiston madaniy merosi aysbergga o`xshaydi

'Frederik Starr: O`zbekiston madaniy merosi aysbergga o`xshaydi'ning rasmi

Toshkentda "O`zbekiston madaniy merosini saqlash va o`rganish bo`yicha loyihalar" 2018 yil yakunlari. 2019 yil "Yo`l xaritasi" xalqaro multimedia forumi davom etmoqda.

Nufuzli tadbirning rasmiy ochilishida so`zga chiqqan taniqli sharqshunos olim, AQShning Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyati ilmiy kengashi a`zosi Frederik Starr yurtimiz va Markaziy Osiyo madaniy merosiga "aysberg" deya ta`rif berdi.

– O`zbekiston va Markaziy Osiyo madaniy merosi xuddi aysbergga o`xshaydi, – dedi F.Starr. – Bu merosning faqat bir qismigina bizga ma`lum. Qolgani yashirinib yotibdi. "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plarida" loyihasi doirasida izlab topilayotgan nodir qo`lyozmalar, tarixiy ashyolar bilan "aysberg"ning ko`zdan pana qismi tobora ochilib bormoqda.

Olimning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston va Markaziy Osiyo madaniy merosining 85-90 foizi bugungi kungacha etib kelmagan.

    Boshqa yangiliklar