1

Aziz Abduhakimov: "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi noyob tashabbusdir

Madaniyat 11.12.2018, 13:33
 Aziz Abduhakimov: "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi noyob tashabbusdir

Poytaxtimizda “O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida” loyihasining 2018 yil yakunlari va 2019 yil yo`l xaritasini ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumi o`z ishini davom ettirmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov madaniy merosni asrab-avaylash va o`rganishning muhimligi haqida gapirib berdi:

"Bugun yana bir bor madaniy merosni saqlab qolish borasida katta ish amalga oshirilmoqda. "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasining taqdimoti buning yaqqol misoli. Bizning ulkan tarixiy-madaniy merosimiz bor. Bu borada dunyodagi katta muzeylar va kutubxonalar bilan aloqalar o`rnatildi. U erlarda saqlanayotgan osori atiqalarimiz faksimilesi tayyorlanib, yurtimizga keltirilmoqda.

Ayniqsa, ijodiy jamoaning ishini juda yuqori baholayman. Bu ish juda katta qat`iyat va mas`uliyatni talab etadi. Men sizlarga "O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasining nashrlari bilan tanishib chiqishingizni taklif etaman.

Ushbu kitob-albomlar Temuriylar tarixiy muzeyiga joylashtirildi. Biz ularni yirik kutubxonalarimiz va jamoatchilikni ko`zdan kechirish uchun boshqa joylarga sotib olishni ham rejalashtirmoqdamiz.

Ushbu kitoblar YuNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarda O`zbekistonning madaniy merosini targ`ib etishda qo`llanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston madaniy merosini saqlab qolish va mustahkamlash borasidagi tashabbuslarini amalga oshirishda ushbu loyiha o`z tasdig`ini topdi.

Xorijiy ekspertlarning fikricha, loyiha bugungi kunda O`zbekistonda amalga oshirilayotgan noyob tashabbusdir".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1