1

Xalqaro media-forumning ikkinchi kuniga start berildi

Madaniyat 11.12.2018, 15:26
Xalqaro media-forumning ikkinchi kuniga start berildi

Bugun, 11-dekabr kuni NAESMI Media xolida "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida"loyihasining 2018 yil yakunlari hamda 2019 yil yo`l xaritasiga bag`ishlangan xalqaro media-forumi ikkinchi kuni o`z ishini davom ettirmoqda.

Unda xalqaro tashkilotlar va diplomatik missiyalar vakillari, milliy va jahon sharqshunos olimlari, muzey xodimlari, vazirlik va idoralar vakillari qatnashmoqda.

Yig`ilishni «O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida» media-loyihasining tahrir kengashi raisi, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Akmal Saidov ochib berdi:

"Media-forumning ikki kunida 10 ta maxsus tadbir rejalashtirilgan edi, ularning yarmi birinchi kuni bo`lib o`tdi. Bugun ham ahamiyatli voqealar ko`zda tutilgan. Ulardan biri «Madaniy merosni ommaviylashtirishning multimedia yo`nalishlari. 2019 yo`l xaritasi" loyihasining taqdimoti o`tkaziladi. Yildan yilga loyihamiz ko`lami kengaymoqda.

Bugun siz loyihaning yangi yo`nalishlari va uning rejalari haqida eshitasiz. Yana bir muhim narsa shundaki, loyiha butun dunyodagi olimlarni va mutaxassislarni dunyoga birlashtirdi va shu bilan birga O`zbekiston va uning madaniy merosi ularning o`rganish ob`ektiga aylandi".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1