1

Xalqaro media-forum: O`zbekistonda ilk bor "aqlli kitob" taqdim etildi (video)

Madaniyat 11.12.2018, 16:26
Teglar: Video
Xalqaro media-forum: O`zbekistonda ilk bor "aqlli kitob" taqdim etildi (video)

Poytaxtda "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasining 2018 yil yakunlari va "Yo`l xaritasi-2019"ni ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forumi bo`lib o`tmoqda.

Bu galgi media-forumda "aqlli kitob" taqdim etildi. Kitobning o`ziga xos xususiyati, uning mamlakatimizda jonli effektlar bilan bezatilgan ilk bosma nashr ekanligidir.

"O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining rahbari Firdavs Abduxoliqovning aytishicha, bu zamoniviy telekommunakiya va aloqa vositalariga o`ta darajada berilib ketgan yoshlarni kitobga qaytarishda o`ziga xos yondashuv bo`lishi mumkin.

Zamonaviy poligrafiya san`atining barcha yutuqlarini o`zida aks ettirgan bu kitob orqali kitob-albomlardagi mavzular haqida videoma`lumotlar olish mumkin.

Buning uchun dastlab NazzAR ilovasini yuklab olish, keyin smartfon kamerasini kitobdagi tegishli suratga qaratish kerak bo`ladi. Faqat, smartfonni shunday ushlab turish kerakki, belgilangan surat ekranda to`liq aks etsin.

Shundan so`ng, mazkur suratdagi tasvirlangan manzaralar bilan interaktiv rejimda tanishish imkoniyati yuzaga keladi.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1