AsosiySport

Samarqandda boks bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati start oldi

'Samarqandda boks bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati start oldi'ning rasmi

Erkaklar o`rtasidagi bu yilgi O`zbekiston chempionatiga Samarqand shahri mezbonlik qiladi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Bugun shahardagi Olimpiya zaxiralarini tayyorlash markazida bahslarga start berildi.

Musobaqada yurtimizning turli xududlaridan 277 nafar charm qo`lqop ustasi ishtirok etmoqda. O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bellashuvlarda Hasanboy Do`smatov, Iqboljon Xoldorov, Rustam To`laganov, Bobousmon Baturov, Miraziz Mirzahalilov kabi bokschilarimiz ham sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradilar.

Bahslar 8 ta vazn toifasida (-52, -57, -63, -69, -75, -81, -91, va +91 kg) o`tkaziladi. Chempionat 17 dekabrga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar