Almati shahrida tezkor shaxmat bo`yicha zaif eshituvchilar o`rtasida xalqaro musobaqa tashkil qilindi.
Musobaqada O`zbekiston, Qirg`iziston, Belarus va Qozog`istondan 33 nafar sportchi ishtirok etdi. Mukofot jamg`armasi 350 000 tengeni tashkil etgan turnirda hamyurtimiz, FIDE ustasi Sirojiddin Zayniddinov 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg`ardi va g`oliblikni qo`lga kiritdi. Bu borada mezbon sportchi Amangeldi Naurizgaliev ikkinchi bo`lgan bo`lsa, kuchli uchlikka qirg`izistonlik Eduard Kim yakun yasadi.
Ma`lumot uchun, turnir shveysarcha tizimda tashkil etildi va 9 raunddan iborat bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, Sirojiddin shu yil zaif eshituvchilar o`rtasida Buyuk Britaniyada o`tkazilgan Ochiq musobaqada g`olib bo`lgandi.






