BMT tomonidan Marokashda o`tkazilgan xalqaro konferensiyada migrasiyani tartibga solish bo`yicha jahon pakti qabul qilindi, deb xabar qildi Esquire.ru nashri.
Konferensiyada ishtirok etgan 193 ta davlatdan 164 tasi uni qabul qilish uchun ovoz bergan. Mazkur pakt noqonuniy migrasiya darajasini pasaytirish, qochoqlarni o`z mamlakatlariga qaytarish integrasiyasini ta`minlashga qaratilgan. Hujjatning matni joriy yilning iyul oyida tasdiqlangan. O`shandan beri u evropalik siyosatchilar tomonidan tanqid qilinib kelinmoqda. Ularning fikriga ko`ra, bu qaror, aksincha, Arab va Afrika davlatlaridan kelayotgan migrantlar oqimining oshishiga olib keladi.






