“Oskar” boshlovchisiz qolishi mumkin, deya ma`lum qilmoqda News.day.az nashri.
Aktyor Kevin Xart boshlovchilikdan bosh tortganidan so`ng Amerika kinoakademiyasi hay`ati a`zolari “Oskar” mukofoti bilan taqdirlash marosimini boshlovchisiz o`tkazishni o`ylab qolishdi.
Nomzodlar orasida Jimmi Kimmel, Jon Styuart va Devid Letterman bor edi. Ammo Akademiya gapga chechan, shu bilan birga, siyosiy va axloqiy hushyor boshlovchini xohlagan.






