AsosiySport

Professional bokschimiz 16-jangini o`tkazadi (foto)

'Professional bokschimiz 16-jangini o`tkazadi (foto)'ning rasmi

Bugun professional bokschimiz Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini o`tkazadi.

Bugungi jangda nokautchi nomini olgan hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qiladi. Aslida Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o`tkazishi kerak edi. Lekin jangga uch kun qolganida Badruning Krasnodarga kela olmasligi ma`lum bo`ldi.

"Olamsport" nashri xabariga ko`ra, kecha bokschilar tarozidan o`tish marosimida ishtirok etishdi. Har ikkala bokschi ham belgilangan vazn me`yorini bajarishdi. Bugun rejaga ko`ra Shohjahon Ergashev va Nazareno Gaston Ruiz o`rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanishi kerak.

Ma`lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional ringda 15ta jang o`tkazgan va ularning barchasida g`alaba qozongan. Bahslarning 14 tasida raqiblarini muddatidan oldin mag`lub etgan. Ruiz esa 49 marotaba ringga ko`tarilgan va ularning 32 tasiga g`alaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).

Bugun Krasnodardagi “Olimp” sport saroyida bo`lib o`tadigan jangda hamyurtimizga g`alaba tilaymiz. Shohjahon ayni paytda o`z vazn toifasida WBA International chempionlik kamari sohibi bo`lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar