AsosiySport

Kamondan otish. Sportchilarimiz Turkiya ochiq chempionatida ishtirok etmoqdalar

'Kamondan otish. Sportchilarimiz Turkiya ochiq chempionatida ishtirok etmoqdalar'ning rasmi

Kamondan otish bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolari Turkiyada o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazayotganliklari haqida xabar qilgandik. Ushbu yig`in doirasida merganlarimiz Turkiya ochiq chempionatida ham ishtirok etmoqdalar. Musobaqada 200 nafardan ortiq sportchi qatnashmoqda.

Bahslarda Sardor Rustamov, Zokirjon Gafurov, Jamshid Sodiqov, Munira Nurmanova, Ziyodaxon Abdusattorova, Kamola Yunusova kabi sportchilarimiz o`z imkoniyatlarini sinovdan o`tkazmoqdalar.

Eslatib o`tamiz, kamondan otish bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zolarining Turkiyadagi o`quv-mashg`ulot yig`inlari 29 dekabrga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar