O`zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazishi haqida avval xabar berib o`tgandik.
Kecha milliy terma jamoamiz a`zolari tibbiy tekshiruvdan o`tishdi. Terma jamoa shifokori Abror Pirrievning ma`lum qilishicha, barcha futbolchilarning sog`lig`i joyida. Jarohati bezovta qilayotganlar yo`q.
Bugun, 15 dekabr Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz a`zolari erta tongda Toshkent - Istambul - Antaliya yo`nalishida Turkiyaga jo`nab ketishdi, deb xabar berdi O`FA.
Turkiyaga yo`l olgan futbolchilar ro`yxati:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
O`tkir Yusupov ("Qo`qon-1912")
Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
Javohir Ilyosov ("Metallurg")
Himoyachilar:
Egor Krimes ("Paxtakor")
Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
Doston Tursunov ("Neftchi")
Islom To`xtaxo`jaev ("Lokomotiv")
Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
Farrux Sayfiev ("Paxtakor")
Akmal Shorahmedov ("Paxtakor")
Davron Hoshimov ("Navbahor")
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov ("Nasaf")
Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy)
Otabek Shukurov ("Sharja", BAA)
Dilshod Rahmatullaev ("Paxtakor")
Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Aziz Turg`unbaev ("Navbahor")
Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
Jasur Yaxshiboev ("Paxtakor")
Javohir Sidiqov ("Qo`qon-1912")
Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")
Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)
Hujumchilar:
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")
Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
Ivan Nagaev ("Qizilqum")
Futbolchilarimiz 29 dekabrga qadar Turkiyada yig`in o`tkazib, keyin poytaxtimizga qaytib kelishadi. 3 kundan keyin esa Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo`nab ketishadi.






