AsosiySport

Ummon terma jamoasi ikkinchi o`rtoqlik o`yinida ham Tojikistonni mag`lub etdi

'Ummon terma jamoasi ikkinchi o`rtoqlik o`yinida ham Tojikistonni mag`lub etdi'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bilan Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasining guruh bosqichida kurash olib boradigan Ummon terma jamoasi Tojikiston bilan ikkinchi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushdi.

Uchrashuv Ummonning 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi. Yagona gol Xolid Al-Xajriy tomonidan 58-daqiqada kiritildi.

Birinchi o`rtoqlik o`yinida ham Ummon terma jamoasi 2:1 hisobida g`alaba qozongan edi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi doirasida ilk o`yinni Ummon bilan 9 yanvar kuni Sharja shahridagi "Sharjah stadium" o`yingohida o`tkazadi.

O`rtoqlik o`yini

Ummon - Tojikiston - 1:0

Gol: Xolid Al-Xajriy, 58.

16 dekabr. Maskat. "Sulton Qobus" stadioni. 1200 tomoshabin

    Boshqa yangiliklar