AsosiySport

O`zbekiston MTJ Turkiyada Afg`oniston bilan o`ynashi yolg`on ma`lumot

'O`zbekiston MTJ Turkiyada Afg`oniston bilan o`ynashi yolg`on ma`lumot'ning rasmi

Yurtimizdagi ba`zi ommaviy axborot vositalarida ayni paytda Turkiyada yig`in o`tkazayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi 28 dekabr kuni Afg`oniston bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazishi haqida xabarlar paydo bo`ldi. Mazkur xabarlarga manba sifatida Turkmaniston futbol federasiyasining rasmiy sayti ko`rsatilgan.

O`zbekiston futbol assosiasiyasi bu xabar noto`g`ri ekanligini ma`lum qiladi. Ektor Kuper boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi Afg`oniston bilan o`rtoqlik o`yinni o`tkazmaydi.

Turkiyadagi yig`in davomida bitta nazorat uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bu nazorat uchrashuvi yopiq tarzda bo`lib o`tadi. Qaysi jamoaga qarshi nechanchi sanada o`tkazilishi O`FA rasmiy sayti orqali ma`lum qilinadi.

O`z o`rnida O`zbekiston futbol assosiasiyasi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalaridan O`zbekiston milliy terma jamoasi bilan bog`liq aniq va to`g`ri ma`lumotlarni faqat tashkilot rasmiy saytidan yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahiflaridan olishni tavsiya qiladi.

    Boshqa yangiliklar