​Yulduz Turdieva endi estradada kuylaydi

Shou-biznes 18.12.2018, 12:30
Teglar: Foto
​Yulduz Turdieva endi estradada kuylaydi

O`zbek, tojik, eron, ozarbayjon va turk tillarida qo`shiq kuylab, nafaqat yurtimiz, balki xorijda ham muxlislar mehrini qozongan san`atkor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Yulduz Turdieva bilan yana uchrashdik. Xabaringiz bordir, xonanda bundan bir necha oy avval Parijning «Abes» teatrida maqom kechasini taqdim etgandi. Ushbu konsert chet ellik san`at shaydolarining katta e`tirofiga sazovor bo`ldi.

— Ijro yo`nalishingiz o`zgardi, deb eshitdik. Shu rostmi?

— (kuladi) Bu ma`lumotni inkor etmayman, ammo yo`nalishim o`zgardi, deishim ham noto`g`ri. Zamonaviy kuy-qo`shiqlar – tinglovchilarimiz talabi. Biz, ijodkorlar buni inobatga olishimiz kerak. An`anaviy yo`nalishimni unutmagan holda bundan buyon estradada ham kuylamoqchiman.

— Bu ikki yigit ijodiga befarq emasman. Kuylagan qo`shiqlari doim ommalashadi. Sarvar va Komilning ijro yo`nalishi, musiqa, matn tanlovi ko`p e`tiborimni tortgan. Shuning uchun ham hamkorlikni yo`lga qo`ydik.

— Xonanda Ziyoda bilan juda ham yaqinsiz, shundaymi?

— Shunday. Ziyoda bilan oilaviy bordi – keldimiz bor. Uning insoniy fazilatlari, samimiyatini hurmat qilaman. Oilasi, yaqinlariga juda mehribon. Doim ularnng tashvishini qilib yuradi.

— Avvalgiga qaraganda tashqi ko`rinishingizga ko`proq e`tibor berayotgandeksiz?

— Ha. Ayol kishi, ayniqsa, u san`atkor bo`lsa, doim o`ziga e`tiborli bo`lishi kerak. Sahnaga chiqqanda biror kamchiligim ko`zga tashlanishini istamayman.

— Ozarbayjon telekanallarida doimiy mehmonsiz...

— Meni xursand qiladigani, ozarbayjonliklar ijodimga befarq emas. Shungami, telekanal ijodkorlari tez – tez ko`rsatuvlarga chaqirib turishadi. Balki ozarbayjon tilida kuylagan qo`shiqlarim tufayli meni yoqtirib qolishgandir. Aslida, bir necha yildan buyon teledasturlarga taklif qilishardi. Tadbir va ijodiy safarlardan vaqt orttirib, doim ham bora olmasdim.

— Sizning-cha, muxlislaringiz konsertingizni kutishyaptimi?

— Nokamtarlikka yo`ymang-u, bu borada ishonchim komil: ko`pchilik konsertimni kutyapti. Buni ijtimoiy tarmoqlardagi izoh va fikrlardan ham bilish mumkin. Muxlislarimni uzoq kuttirmayman. Yakkaxon konsert dasturi bo`ladi, albatta!

— Ijodiy safarlarga ko`p borasiz. Oilaga, bolalarga vaqt ajrata olyapsizmi?

— Eng murakkab vazifa – bu farzandlar kelajagi uchun poydevor qo`ymoq. Bolalarimning hayoti chiroyli bo`lishi uchun harakat qilayotganim, ularga bo`lgan mehrim, e`tiborim kelgusida meva berishiga ishonaman. Farzandlarim bilan birga o`tgan har bir daqiqam men uchun oltinga teng. Ularning kichkina yutug`idan ham bir olam zavq olaman. Afsuski, ijodiy safarlar, tadbirga tayyorgarlik, ovoz yozish ishlari – bular ko`p vaqt talab etadi. Shunday paytlar bolalarning ko`ngliga yanada ko`proq qaragim keladi. Imkon qadar ularni eshitishga, nimalar bilan band ekanliklarini bilishga urinaman.

— Rejalaringiz haqida so`rasak...

— 2019 yil uchun aniq rejalar bor. Bir nechta xorij davlatda konsert beriladi. Shuningdek, milliy qo`shiqlarimiz, maqomlarni qayta kuylamoqchiman. Xullas, yangi yilda yangi kuch – g`ayrat bilan ijod qilaman.

— «Benom» guruhidagi Sarvar va Komil bilan hamkorlik qilayotganingizning boisi nima?

Aliya suhbatlashdi

Sharhlar

Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Vayron bo`lgan uylar, jarohat olgan odamlar va ularga yordam berayotgan xodimlar… Sergelida otgan mash`um tong (fotojamlanma)

29.09.2023, 00:10

Bugun, 28 sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani "Quruvchilar" dahasida joylashgan omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar bergan...
Birinchi qor og`ushidagi Toshkent (fotoreportaj)

05.12.2022, 20:26

"O`zgidromet" bashorat qilganidek, O`zbekistonga qish 1 dekabrdan kirib keldi. Dam olish kunlari respublikada havo harorati keskin tushib, Nukusda -17 darajani, kuni kecha Navoiy viloyatida esa...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1