Fransiyaning TV5 Monde teleradiokanali orqali Xiva tarixi haqida nomli videorolik namoyish qilinmoqda.
«O`zbekiston - Xiva, sahro darvozasi» nomli kichik filmni Bandua-communications Unipessoal Lda media kompaniya xodimlari tasvirga olishdi. Unda Xiva shahrining 2500 yillik tarixi va madaniyati haqida hikoya qilingan.
Turizmni rivojlantirish qo`mitasida ta`kidlanishicha, bunday lavhalar respublikaga sayohlar oqimini ko`payishiga ko`maklashadi.






