O`zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o`rtasida strategik sheriklik to`g`risidagi Shartnomani (Toshkent, 2018 yil 17 avgust) ratifikasiya qilish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Qonunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o`rtasida strategik sheriklik to`g`risidagi shartnoma ratifikasiya qilindi.
Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 noyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda ma`qullangan edi.
Hujjatda davlatlararo munosabatlarning rivojlanish istiqbollari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, suv-energetika, ekologiya, madaniy-gumanitar, harbiy-texnikaviy va boshqa sohalarda ikki tomonlama manfaatli munosabatlarning asosiy prinsiplari va ustuvor yo`nalishlari belgilab berilgan.






