AsosiySport

Ravshan Ermatov yoshlar bilan ingliz tilida suhbatlashadi

Shu yilning 31 oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "O`zbekiston iftixori" faxriy unvoni va "El-yurt hurmati" ordeni sohibi Ravshan Ermatov bilan uchrashuv o`tkaziladi.

Uchrashuv O`zbekiston ingliz tili o`qituvchilari uyushmasining Yosh etakchilarni qo`llab quvvatlash loyihasi - YLDP tomonidan tashkil etilmoqda. Tadbirning o`ziga xos tomoni shundaki, taniqli hakam yoshlar bilan ingliz tilida suhbatlashadi.

Ingliz tilini biladigan faol yoshlar 30 oktyabrga qadar YLDP markaziga qo`ng`iroq qilib ro`yxatdan o`tishlari so`raladi.

    Boshqa yangiliklar