AsosiySiyosat

Bog`istonda 23 ta 9 qavatli uy quriladi

'Bog`istonda 23 ta 9 qavatli uy quriladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Chilonzor tumani Bog`iston ko`chasida bunyod etiladigan ko`p qavatli uylarning qurilish maydonida bo`ldi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Bu erda 23 ta 9 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. 900 xonadondan iborat bo`ladigan bu uylar Turkiya texnologiyasi asosida quriladi va kelgusi yili foydalanishga topshiriladi.

Hozirda uylarning poydevori quyilgan. Ular zilzilaga bardoshli qilib quriladi. Nogironlar uchun ham qulayliklarga ega bo`ladi. Isitish va sovitish tizimi har bir xonadonda mustaqil boshqariladi.

Davlatimiz rahbari bu uylar mustahkam va sifatli bo`lishi, poytaxtimizdagi eng namunali joylardan biriga aylanishi kerakligini ta`kidladi.

Shu erda Toshkent shahrida kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, kanallarni mukammal ta`mirlash va tutash hududlarni obodonlashtirish bo`yicha loyihalar namoyish etildi.

Prezidentimiz poytaxtimizdagi kanallar atrofini obod saqlash, odamlar dam oladigan, bolalar cho`miladigan so`lim va xavfsiz hududlar tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar