Bugun Oliy liga-2014 musobaqasining 21-tur doirasidagi qoldirilgan bitta o`yin bo`lib o`tadi. Unda "Paxtakor" jamoasi o`z maydonida ""Buxoro" klubini qabul qiladi.
Aytish kerakki, agar "sherlar" ushbu o`yinda g`alaba qozonishsa, amalda chempionlik masalasini hal qilishadi.
To`g`ri, qolgan ikki 25 va 26-turlarda "paxtakor"chilar yirik hisoblarda mag`lubiyatga uchramasliklari talab qilinadi. Bunday bo`lishi haqiqqatdan ancha yiroqroq. Sababi, "Paxtakor" qolgan ikki o`yinda kamida bitta ochko jamg`ara oladi.
Shunday ekan, bugungi g`alaba "Paxtakor"ni chempion qiladi.





