Ertaga, 26 dekabr kuni Milliy olimpiya qo`mitasining XVIII Bosh Assambleyasi yig`ilishi bo`lib o`tadi. Unda 2018 yilda qo`mita tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti taqdim etiladi.
Tokio-2020 yozgi Olimpiya o`yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik hususida ma`lumot beriladi. Shuningdek, Assambleya davomida tashkilot rahbariyatida o`zgarishlar ro`y berishi, Ijroiya qo`mitaga yangi a`zolar saylanishi kutilmoqda. Demak, ertaga MOQ rahbariyatida o`zgarishlar yuz beradi.
Shu munosabat bilan, Milliy olimpiya qo`mitasi ommaviy axborot vositalari xodimlarini ushbu tadbirga taklif etdi. Bosh Assambleya yig`ilishi 26 dekabr kuni soat 16:00 da Milliy olimpiya qo`mitasining anjumanlar zalida boshlanadi.






