1

AQShda ayiqlar bilan selfiga tushish taqiqlandi

Hi-tech 29.10.2014, 15:11
AQShda ayiqlar bilan selfiga tushish taqiqlandi

AQSh O`rmonlar muhofazasi xizmati ayiqlar bilan selfiga tushishni taqiqladi, deya xabar bermoqda TechTimes. Ushbu cheklov Kaliforniyadagi Taxo ko`li hududida ayiqlar bilan suratga tushish hollari ko`payib ketgani sababli kiritildi.

«Taxo ko`li» sayyohlik bog`i xodimlaridan birining aniqlik kiritishicha, so`nggi paytlarda suv hafzasi hududida qora ayiqlar fonida selfi olishga ishtiyoqmand kishilar soni tobora oshib bormoqda.

AQSh O`rmonlar muhofazasi xizmati xodimlari, ayiqlarning odamlarga hamla qilish holatlari kuzatilmagan bo`lsa-da, selfi bilan bog`liq vaziyat ancha jiddiy tus olgan, deb hisoblaydi. Idora bog`ni to`liq yopib qo`yish imkoniyatini ko`rib chiqishga ham tayyor.

Qora ayiq (baribal) nisbatan rahmdil hayvon hisoblanadi. U qo`ngir ayiqdan farqli ravishda, odamlardan qochadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1