AsosiySport

Yosh gimnastikachilarimiz BAAdagi musobaqada medallar shodasiga ega chiqishdi

'Yosh gimnastikachilarimiz BAAdagi musobaqada medallar shodasiga ega chiqishdi'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Dubay shahrida badiiy gimnastika bo`yicha “2-Emirates Asian cup” xalqaro turniri bo`lib o`tdi.

Ushbu musobaqada jahonning 15 mamlakatidan 400 nafarga yaqin yosh iqtidor egalari ishtirok etishdi. Bahslarda o`zbekistonlik qizlar muvaffaqiyatli qatnashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko`ra, sportchilarimiz medallar shodasi bilan yurtimizga qaytishdi:

Osiyo Tojieva – oltin va bronza

Shahrizoda Halimova – kumush

Gulchexra Sobirova – kumush

Alisa Petrova – kumush

Shaxruza Mamatxanova – bronza

Odina Zohidova – bronza

Sora Nurmatova – bronza

Rianna Karimbaeva – bronza

Liza Koneva – bronza

Diyora Ziyautdinova – bronza.

Musobaqa davomida shuningdek Yulduz Abduganieva, Amaliya Mamedova, Vilana Savadyan, Sogdiana Eshilova, Regina Uzbekova, Samira Komiljonova kabi yosh gimnastlarimiz sovrinli o`rinlardan joy oldilar.

Qayd etish lozimki, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy Zarrina Abdullaeva turnirda uchinchi marotaba bosh hakam sifatida faoliyat olib bordi.

    Boshqa yangiliklar