AsosiySport

«Milliy sport mukofoti-2018» tantanali taqdirlash marosimi o`tkazildi (foto)

'«Milliy sport mukofoti-2018» tantanali taqdirlash marosimi o`tkazildi (foto)'ning rasmi

Yil yakunlangani sari, har bir sohada erishilgan yutuqlar, kamchiliklar sarhisob qilinadi, eng yaxshilar e`tirof etiladi. Jumladan, sport sohasida ham. Shu maqsadda bugun, 28 dekabr kuni «O`zbekiston xalqaro anjumanlar saroyi»da O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi tomonidan ilk marotaba katta masshtabdagi «National Sports awards-2018» (Milliy sport mukofoti-2018) taqdirlash kechasi tashkil etildi.

Tantanali taqdirlash kechasiga eng yaxshi sportchilar, sport tashkilotlari vakillari, sport faxriylari, Olimpiya o`yinlari chempionlari, o`zbek estradasi yulduzlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar tashrif buyurdilar.

Yilning eng yodda qolarli tadbirlaridan birida quyidagi nominasiyalar bo`yicha mukofotlar o`z egasini topdi.

«Yilning eng yaxshi sport jamoasi» – Futbol bo`yicha O`zbekiston U-23 terma jamoasi

«Yilning eng yaxshi innovasion va intellektual faol federasiyasi» – O`zbekiston shaxmat federasiyasi

«Yilning eng faol federasiyasi» – O`zbekiston kurash federasiyasi

«Hududlarda sportni rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun» – Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov

«Eng yaxshi sport homiysi» – Ochilboy Ramatov

«Xalqaro maydonlarda o`zbek sportini targ`ib qilgani uchun» – Oksana Chusovitina

«Eng faol sport targ`ibotchisi» – Zafar Imomxo`jaev

«Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi» – Ro`za Qo`zieva

«Yilning eng yaxshi sport jurnalisti» – Marina Yakubova

«Sport sohasini rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun» – Ravshan Jo`raev («UzReport» telekanali direktori)

«Eng yaxshi ijtimoiy loyiha» – Zohid Karimov («Sport» telekanali direktori)

«Yil kashfiyoti» – Akbar Jo`raev

«Yilning yosh va istiqbolli sportchisi» – Abdumalik Xalakov

«Yilning eng yaxshi murabbiyi» – Marat Qurbonov

«Sport sohasidagi ko`p yillik xizmati uchun» – Rufat Rizqiev

«Yilning eng yaxshi ayol sportchisi» – Svetlana Radzivil

«Yilning eng yaxshi erkak sportchisi» – Bekzod Abdurahmonov

Estradamiz yulduzlarining chiqishlari, «Bravo» jamoasining sahna ko`rinishi tadbirga yanada ko`tarinki rux bag`ishladi.

O`z yo`nalishida tengsiz deb topilganlarga eksklyuziv sovrin topshirildi. Uning dizayni o`ziga xos bo`lib, sportchining irodasi, davlatning g`amxo`rligi va murabbiyning mehnatlari sovrinda aks ettirilgan. Aynan ushbu omillar sportchiga jahon arenalarini zabt etish, muvaffaqiyatli ishtirok va o`z yurti bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishga yordam beradi. Umid qilamizki, sportchilarimiz bundan keyin ham bizni g`alabalar, muvaffaqiyatlar va yangi rekordlar bilan xursand qiladilar. Oldinda bizni lisenzion musobaqalar, undan keyin esa Tokio 2020 Olimpiadasi kutib turibdi.

    Boshqa yangiliklar