Amerikada qafasdan qochib chiqqan sher hayvonot bog`i xodimlariga hujum qildi, deb yozmoqda, Lenta ru.nashri.
Voqea Amerikaning Shimoliy Karolina shtatidagi Konservators Senter yovvoyi tabiat parkida sodir bo`ldi. Qafasdan qochib chiqqan sher hududni tozalayotgan xodimlarga tashlangan va endigina ikkinchi hafta ishlayotgan, 22 yoshli, amaliyotchi Aleksandra Blekni g`ajib tashlagan.
Qizning tanasini sher panjasidan olish uchun yirtqich otib tashlangan.
Mazkur markazga 1999 yilda asos solingan bo`lib, unda 80 ortiq hayvonlar saqlanadi. Har yili bu erga 16 mingdan ortiq odamlar tashrif buyurishadi.






