1

QQSdan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro`yxati e`lon qilindi

Iqtisodiyot 04.01.2019, 13:55
QQSdan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro`yxati e`lon qilindi

Moliya vazirligi telegram-kanalida O`zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, realizasiyasi bo`yicha aylanmasi qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etiladigan oziq ovqat mahsulotlari ro`yxati e`lon qilindi.

QQSdan ozod etish bo`yicha imtiyoz O`zbekistonda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarini ulgurji va chakana realizasiya qilishda qo`llaniladi.

Ro`yxatga quyidagi tovarlar kiritildi:

  • go`sht (mol, qo`y, tovuq go`shti), shuningdek tirik hayvonlar (chorva mollari, parrandalar) va ularni so`yib olingan mahsulotlar;
  • baliq;
  • kartoshka;
  • piyoz;
  • tuxum;
  • guruch (barcha navlari);
  • shakar;
  • non-bulka mahsulotlari (ishlab chiqarish va realizasiya qilishda).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1