AsosiySport

Velosportchilarimiz Osiyo chempionatiga jo`nab ketishdi

'Velosportchilarimiz Osiyo chempionatiga jo`nab ketishdi'ning rasmi

8-13 yanvar kunlari Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida velosportning trek yo`nalishi bo`yicha Osiyo chempionati bo`lib o`tadi.

Musobaqada qit`amizning etakchi velosportchilari ishtirok etishi kutilmoqda. Bahslarda O`zbekiston terma jamoasi a`zolari ham sovrinli o`rinlar uchun kurash olib boradilar.

Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:

Erkaklar:

Danil Evdokimov
Aleksey Fomovskiy
Dmitriy Sirko
Murodjon Xolmurodov

Ayollar:

Olga Zabelinskaya
Ekaterina Knebelova
Yanina Kuskova

Murabbiy: Rustam Nurtdinov
Murabbiy: Vadim Shaexov
Mexanik-murabbiy: Aleksey Smirnov

Ma`lumot uchun, mazkur qit`a birinchiligi Tokio 2020 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi musobaqalardan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar