1

Yaponiyada charchoq darajasini nazorat qiluvchi moslama yaratildi

Hi-tech 30.10.2014, 12:38
Yaponiyada charchoq darajasini nazorat qiluvchi moslama yaratildi

Dunyoda birinchi marta inson tushi va charchoq darajasini nazorat qilib turuvchi moslama yaratildi va ayni paytda Yaponiyaning “Nintendo” (Nintendo Co.) korporasiyasi uni sotuvga chiqarish uchun tayyorgarlik ko`rmoqda, deb yozmoqda TASS korporasiya prezidenti Satoru Ivata ma`lumotiga tayangan holda.

Moslama yotoqqa joylashtiriladi va mikroto`lqinlar yordamida nafas olishni, yurak urishini va uxlayotgan odamning boshqa jihatlarini kuzatib boradi. Olingan ma`lumotlar maxsus serverga yuboriladi va u erda tahlil qilinadi.

“Nintendo” prezidenti moslama 2015 yilda sotuvga chiqarilishini ma`lum qildi. Ana shunda uning narxini bilib olish mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1