AsosiyDunyo

Sharqiy Evropaning g`aroyib maskanlari (Foto)

'Sharqiy Evropaning g`aroyib maskanlari (Foto) 'ning rasmi

Lo`lilar maskani, katta ko`zli g`or qaerda ekanini hamma ham bilavermaydi, deb yozmoqda RIA Novosti nashri.

Eng g`aroyib va ko`pchilikka noma`lum diqqatga sazovor maskanlari Ruminiya, Slovakiya, Bolgariya va Sharqiy Evropaning boshqa mamlakatlarida joylashgan.

Lo`lilar poytaxti Soroki, Moldaviya

Mo``jaz Soroki shahrini ba`zilar butun dunyo lo`lilarining poytaxti desa, boshqalar Moldaviyaning lo`lilar boshkenti deb atashadi. Bundan 20-30 yil avval lo`lilar chindan ham Sorokiga kelib joylasha boshlashgan va mahobatli imoratlar solishgan. Bu ajoyib imoratlar orasida ularning o`z Kapitoliysi, avliyo Pyotr butxonasi va hatto tomida ot haykali bo`lmish “Bolshoy teatr” ham bor. To`g`ri, hozirda ushbu uylarning ko`pi bo`m-bo`sh qolgan – lo`lilarning aksari tirikchilik ilinjida butun dunyoga tarqalib ketishgan.

Psevdopiramidalar, Visoko, Bosniya va Gersegovina

Bosniyalik psevdoarxeolog Semir Osmanogichning ta`kidlashicha, tog`lar ostiga yashirilgan dunyodagi eng yirik piramidalarni topibdi. Butun jahon mutaxassislari ishtirok etgan qazish ishlarida tosh maydonlar va tunnellar, qolaversa, “qadimgi sement” ham topilgandek bo`lgandi. Keyin bu xato bo`lib chiqdi: geologlar bu tabiiy tarzda paydo bo`lgan tog`lar ekanini tasdiqlashdi.

“Quvnoq qabriston”, Sepinsa, Ruminiya

Ruminchada “Quvnoq qabriston” deb ataluvchi ilk noodatiy sag`analar 1930-yillarda mahalliy ganchkor tomonidan yaratilgan edi. U marhumlarning hayotidan kartinalarni tasvirlab, xochlarni yorqin bo`yoqlarga bo`yagan. Unig vafotidan so`ng ishini shogirdlari davom ettirrishadi va qabriston kengayib boraveradi. Istagan kishi bunday qabrtoshlarni hayotligidayoq buyurtirishi mumkin.

Chaxtiskiy qasri, Chaxtisa, Slovakiya

Darhaqiqat, XIII asrda bunyod etilgan Chaxtisa qasri birinchi galda Chaxtisa Mahluqi nomi bilan tanilgan qasrning sohibasi tufayli mashhur bo`lgan. Elizaveta Batori eng ko`p qotillikni amalga oshirgan ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan – u 650 dan ortiq qotillik qilgan ekan. Grafinyaning vampir sifatidagi obrazi milliy folklorning bir qismiga aylangan.

Proxodna g`ori, Karlukovo, Bolgariya

Proxodna g`ori – Bolgariyada nafaqat o`zining baland gumbazlari (45 metrga yaqin), balki ikki simmetrik bodomsimon tuynuklari ham mashhurdir, bu tuynuklarni “Tangrining ko`zi” deb ham atashadi.

Agar “ko`z”ga ma`lum burchakdan qaralsa, pastga tikilayotgan odam yuzini ko`rish mumkin. Yomg`ir yog`ganda esa ulardan chinakam ko`zyosh oqadi.

Rim amfiteatri, Pula, Xorvatiya

Puladagi amfiteatr – Rim imperiyasi paytida I asrda gladiatorlar janglari uchun maxsus qurilgan. V asrga kelib janglar bekor qilingan, arenadan esa risarlik turnirlari uchun foydalanilgan, keyinroq esa chorva boqilgan u erda. XIX asrga kelbi amfiteatr qayta ta`mirlandi va zamonaviy ommaviy tadbirlar uchun moslashtirildi. Bu erda konsert va teatr postanovkalari muntazam o`tkazib kelinadi.

    Boshqa yangiliklar