AsosiyShou-biznes

IRINA ShEYK: MEN KEChIRIMLIMAN, ChUNKI RONALDU BILAN FAXRLANAMAN

Krishtianu Ronaldu haqida ma`lumot

To`liq ismi: Krishtianu Ronaldu dush Santush Aveyru

Tug`ilgan yili:  05.02.1985 y.

Ispaniyaning “Real Madrid”  futbolchisi

Ikki karra “Oltin to`p” sohibi

Madridda Ronalduga haykal o`rnatilgan

Dunyoning ikki chetidagi mamlakatlarning chekka bir hududida o`rtamiyona oilada dunyoga kelgan va o`zi tanlagan sohada ulkan yutuqlarga erishib, dunyo miqyosida tanilgan futbolchi va model muhabbati bugun tillarda doston. Gap dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronaldu va supermodel Irina Sheyk haqida ketayotganini tushungan bo`lsangiz kerak. Keling, ularning muhabbat tarixiga quloq tutamiz...

Irina Sheyk: “otamdan ­erta ayrilganman

1986 yilning 6 yanvarida Rossiyaning uncha katta bo`lmagan Emanjelinsk shaharchasida tavallud topganman. Otam konchi, onam esa musiqa o`qituvchisi bo`lib, pianinoni mahorat bilan chalardi.

O`n to`rt yoshga to`lganimda otam  kam­qon­likdan aziyat chekib vafot etdi. Ro`zg`or tashvishlari to`liq elkasiga tushgan  onam endi uch farzand (Irinaning ukasi va bir singlisi bor)ini boqish  uchun ikki joyda ishlab, pul topishga majbur bo`lgan.  2004 yilda Rossiyaning Chelyabinsk  shahrida o`tkazilgan “Supermodel-2004” go`zallik tanlovida  g`olib bo`lganimdan so`ng tanlov tashkilotchilari kelajakda yulduz bo`lishimga ishonch bildirishdi. 2005 yildan boshlab modellik faoliyatim boshladim va asta-sekin AQSh podiumlarida chiqa boshladim.

Chekka qishloqdan jahon podiumigacha…

Irina Evropaning Sports Illustrated, Cosmopolitan, GQ, Harper's Bazaar, Esquire, FHM, Marie Claire, Elle kabi jurnallari yuzi  hisoblanib, shuningdek, Armani, Lacoste, Martini kabi dunyoning eng mashhur brendlari namoyishchisi hamdir.

Irina ayni damda dunyodagi eng mashhur va latofatli modellar yigirmataligidan o`rin olgan. Sheyk Irinaning taxallusi bo`lib, uning to`liq ism-sharifi Irina Shayxislomova.  Uning go`zalligi va maftunkorligi minglab muxlislar e`tirofiga sazovor bo`lish bilan birga sayyoramizning eng omadli futbolchisi Ronalduning ham e`tiboridan chetda qolmadi. 

Irina Sheyk haqida qisqacha ma`lumot:

To`liq ismi: Irina Valerevna Shayxislomova

Tug`ilgan yili: 1986 yil

Filmografiyasi:  2011 yilda suratga olingan “Need for Speed: The Run” (“Ko`prik ostidagi tezlik&rdquo filmida bosh Mila Belova rolida

2014 yilda  suratga olingan “Gerakl” filmida Geraklning rafiqasi rolida. 

Xayriyani kanda qilmaydi

Hozirgi paytda AQShda yashab faoliyat yuritayotgan bo`lsada, Irina o`z yurtini unutgani yo`q. U tez-tez Emanjelinsk tug`ruqxonasi, shuningdek, qariyalar, bolalar uyiga moddiy ko`mak berib turadi.

Hayajonli yonma-yon damlarda

Krishtianu Ronaldu 2013 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, FIFAning “Oltin to`p”iga sazovor bo`ldi. Sportchi taqdirlash marosimiga o`z oilasi, uch yashar  o`g`li va Irina Sheyk bilan tashrif buyurgan edi.

Irina futbolchining yonidan bir qadam ham jilmadi. Ronaldu  taqdirlanishi arafasida qattiq hayajonlanar, Irina esa uning qo`llaridan mahkam tutib olgandi.  Sahnaga taklif etilganida esa Krishtianu o`zining uch yashar o`g`lini etaklab chiqdi.

Mukofotni futbolning afsonaviy qiroli Pele qo`lidan qabul qilgani Ronaldu ko`zdan oqayotgan sevinch yoshlarini berkita olmay baralla: “Avvalambor men muvaffaqiyatlarimning asosiy sababchilari bo`lgan ushbu terma jamoaning barcha a`zolariga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Mening hozirgi darajaga erishishimda ularning hissasi katta. Shuningdek, mening shaxsiy hayotimga dahldor bo`lgan yaqin insonlarim, rafiqam, do`stlarim va o`g`lim menga har bir daqiqada  ruhan madad bo`lib turishdi”, degan edi.

Irina taqdirlash marosimi yakunida o`zi olgan fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib, mikroblogiga Ronaldu bilan faxrlanishini yozgan.

Irina va Ronaldu to`y qachon?

Evropa 2012 chempionatining final bosqichidan so`ng Ronaldu Irina Sheykka uylanishga va`da bergan edi. Ammo oila qurishga ahd qilgan bu ikki yulduz hamon qarorlarini amalga oshirishga shoshilmayapti. Bu haqda berilgan savollarga esa ikkalasi ham javob berishdan qochishadi.  Bu esa internetda turli mish-mishlar yuzaga kelishiga sabab bo`lmoqda.

Albatta tashqaridan qaraganda bu chiroyli juftlikning hayoti ham chiroyli deb o`ylash mumkin.

Lekin... Keling yaxshisi, internetda tarqalgan xabarlarga e`tibor qaratamiz. Aytishlaricha, Irina Krishtianuga kuz oyi turmush qurish va bu haqda matbuotda e`lon berishni talab qilgan. Balki boshqa bir ayoldan Ronalduning farzandi borligi, uning xiyonati haqidagi gap-so`zlar, shubha-gumonlar Irinani shunga majbur qilgandir. Evropa gazetalari esa futbolchi karerasining o`tish davrida ekanligini va  shu sabab Irina Ronalduga nisbatan badavlatroq va omadliroq insonni izlash payiga tushgan deb bong urmoqda.

Oxiri baxayr bo`lsin bo`lsin

Ayrim manbalar esa mashhur futbolchi va taniqli model allaqachon yashirincha nikohdan o`tganliklarini ta`kidlamoqda. Bundan tashqari matbuotda boshqa farazlar ilgari surilmoqda. Ya`ni Irina har qancha Ronaldu bilan oila qurish, farzandli bo`lish istagida bo`lmasin, Ronaldu farzandi borligi sababli rossiyalik supermodel bilan turmush qurishga va yana farzandli bo`lishga shoshilmayotgan emish.

Yuqoridagi gap-so`zlarga oydinlik kiritish maqsadida jurnalistlar Irinaga murojaat qilishganda u “Ronaldudek inson yonimda bo`lganda boshqa bir inson haqida o`ylashim mumkinmi? Ammo men ham o`ttiz yoshni qarshi olyapman, lekin haligacha oilam yo`q. Oila men uchun muqaddas. Oilaning o`rnini hech narsa — mashhurlik ham, boylik ham bosa olmaydi deb o`ylaganim uchun Ronaldu boshqa ayoldan farzandli bo`lganda ham, uning xiyonati haqida barcha bong urganda ham muhabbatimdan yuz o`girmaganman. Men juda sabrli va kechirimliman”, deya javob bergan.

Xullas, to`y kechikkani sayin bu ikki mashhur juftlik atrofida gap-so`zlar ham ko`paygandan ko`payib bormoqda... Kutaylik-chi, natija qanday bo`larkan?

    Mohichehra EShMIRZAEVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar