Bugun bedarak yo`qolgan 13 yoshli Anvarova Farangiz Hayrullo qizi ham topildi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari ma`lum qilishicha, qiz Andijondagi dugonasinikida bo`lgan.
Farangizning ahvoli yaxshi, sog`-omon. Uning qaerdaligini aniqlash uchun operativ-qidiruv tadbirlari olib borildi. Jumladan, uning barcha do`stlari, taksi haydovchilari va boshqa o`nlab insonlar o`rtasida so`rov o`tkazildi. Hademay uni Toshkentga olib kelishadi va onasi bag`riga qaytariladi.