Farg`onada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining shahar va tuman Xalq qabulxonalariga “Cobalt” avtomashinalari topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Bugungi kunda Xalq qabulxonalari davlat organlari bilan aholi o`rtasida ochiq muloqotni yo`lga qo`yish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko`rib chiqilishini ta`minlashda samarali mexanizmga aylanib, amalda o`zini to`la oqladi. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 17 yanvarda qabul qilingan “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni esa yangi bosqichni boshlab berdi.
Viloyat hokimligining ko`magida muntazam ravishda chekka va olis hududlarda ommaviy qabullar o`tkazish, aholi muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o`rganishlarni tashkil etish maqsadida shahar va tuman Xalq qabulxonalari yangi avtomashinalar bilan ta`minlandi.
Avtomashinalarning topshirilish marosimida Farg`ona viloyat hokimining birinchi o`rinbosari A.Ortiqov, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri R.Mahmudovalar aholi murojaatlari bilan ishlash bo`yicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilinganligini alohida ta`kidlandi.
– Prezidentimiz tomonidan mahalliy davlat boshqaruvi organlari xizmatchilari faoliyatini yanada takomillashtirish, ular uchun qulay va zamonaviy ish sharoitlarini yaratish, xizmat vazifalarini samarali bajarishlariga yaqindan ko`maklashishga alohida e`tibor qaratilmoqda, – deydi Xalq qabulxonasi Farg`ona tuman bo`limi mudiri A.Hasanov. – Bizga ko`rsatilayotgan e`tibor faoliyatimizni yanada samarali olib borishga chorlaydi.