Kecha va bugun Orol dengizi tubiga suv qaytdi, degan xabarlar ijtimoiy tarmoqlardagi bir necha guruhlarda paydo bo`ldi.
Xususan "Xorazm va Xorazmliklar" guruhida paydo bo`lgan xabarga ko`ra, Mo`ynoq shahridan 230 kim masofada joylashgan, Orol dengizining qurigan maydoni ostidan suv chiqqan.
Suv chiqqan joyga birinchi bo`lib etib kelgan mahalliy aholi vakillari xursandchilikdan raqsga tushmoqda.
Guruh foydalanuvchilari aytishiga qaraganda ushbu suv chorvachilikda, mol qo`ylarni sug`orishda juda asqotadi. Quduqlar soni va chiqayotgan suv haji haqida hozircha aniq ma`lumotlar berilmagan.