AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash sohasida yangi lavozim joriy etildi

'Sog`liqni saqlash sohasida yangi lavozim joriy etildi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirining mazkur o`rinbosari bir vaqtda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari maslahatchisi hisoblanadi.

Sog`liqni saqlash tizimi islohotlariga ilg`or xorijiy tajribani joriy etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.

Qaror bilan sog`liqni saqlash sohasiga ilg`or xorijiy tajribani joriy etish bo`yicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qo`llab-quvvatlash bo`yicha Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari lavozimi joriy etildi.

Vazir o`rinbosari, jumladan, quyidagilar uchun mas`ul hisoblanadi:

• xalqaro standartlar va Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini implementasiya qilgan holda sog`liqni saqlash sohasini kompleks huquqiy tartibga solish;

• sog`liqni saqlashni moliyalashtirish va tashkil etish tizimini takomillashtirish;

• majburiy tibbiy sug`urtani joriy etish;

• davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlarini tatbiq qilish;

• sohaga investisiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash;

• “elektron sog`liqni saqlash” tizimlarini keng joriy etish.

Mazkur lavozimga sog`liqni saqlash sohasidagi yuqori malakali xorijiy mutaxassis jalb etiladi hamda u Prezident tomonidan tayinlanadi.

Shuningdek, sog`liqni saqlash vazirining mazkur o`rinbosari bir vaqtda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari maslahatchisi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar