Iste`molchilarga energiya etkazib berish iste`molchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq to`lash asosida ham amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berish hamda iste`mol qilish sohasida to`lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoniga o`zgartirish kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.
Kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq, iste`molchilarga energiya etkazib berish iste`molchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq to`lash asosida ham amalga oshiriladi. Ilgari, energiya faqat 100 foizlik oldindan haq to`langanida etkzib berilgan.
Oldindan haq to`lanmagan, 50 foizlik haq to`laydigan iste`molchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq to`lanmaganda, mazkur iste`molchilarga nisbatan elektr va gazdan to`liq uzishgacha bo`lgan choralar ko`riladi.