AsosiyJamiyat

Toshkentda bedarak yo`qolgan qiz fohishalar orasidan topildi

'Toshkentda bedarak yo`qolgan qiz fohishalar orasidan topildi  'ning rasmi

Joriy iylning 3 yanvar kuni Mirzo Ulug`bek tumani IIBga 29 yoshli Salohiddin B. murojaat qilgan. Yigit murojaatida 21 yoshli singlisi Holisa B. uydan chiqib, bedarak yo`qolganini ma`lum qilgan.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Salohiddin B. singlisini topishda yordam so`ragan.

IIBB xodimlari 6 yanvar kuni kechasi profilaktik tadbir davomida 13 nafar ijtimoiy mas`uliyati kam ayollar (fohisha) qo`lga olingan.

Qo`lga olinganlarning shaxsini aniqlashtirish jarayonida qarindoshlari qidirayotgan Xolisa B. ham ularning orasida ekani ma`lum bo`lgan. Ularga qizning joyi haqida ma`lumot berilgan.

    Boshqa yangiliklar