AsosiySport

"Surxon" futbol klubida yangi bosh murabbiy tayinlandi

'"Surxon" futbol klubida yangi bosh murabbiy tayinlandi'ning rasmi

Bugun “Surxon” futbol klubida navbatdan tashqari yig`ilish bo`lib o`tdi. Yig`ilishni klub vise-prezidenti Bahrom Mamatqulov olib bordi.

Kun tartibidagi asosiy masala – “Surxon” futbol klubi bosh murabbiyi vazifasini bajarib kelgan Ilhom Mo`minjonov o`rniga munosib o`rinbosar tayinlash edi. Shu kungacha “Surxon” futbol klubida sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Anvar Soliev vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.

O`zining “Navbahor”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalarida futbolchilik faoliyati bilan tanilgan Anvar Soliev o`tgan mavsumda Namanganning “Navbahor” klubida ham sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

“Surxon” jamoasi oldiga joriy mavsumda superliga yo`llanmasini qo`lga kiritish vazifasi qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar