O`zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
2019 yilning 19 fevral kuni O`zbekiston Respublikasining BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Baxtiyor Ibragimov Toshkent shahridan Sharja shahriga jo`nab ketgan.
Qayd etilishicha, B.Ibragimov ilgari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sho``ba mudiri bo`lib ishlagan.






