“Obod qishloq” dasturini 2019 yilda amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, 2019 yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida:
- 159 ta tumanda 1,6 milliondan ortiq aholi yashaydigan 478 ta qishloqlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi hamda mazkur chora-tadbirlar uchun 4,8 trillion so`m sarflanadi;
- umumiy uzunligi 5 ming 476 kilometrdan iborat mintaqaviy yo`llar (ichki ko`chalar) ta`mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi;
- 1,3 trillion so`m miqdoridagi mablag`lar hisobidan qishloqlar obodonlashtiriladi;
- 36 mingdan ortiq hamda umumiy uzunligi 2 ming 458 kilometr bo`lgan tungi ko`cha yoritish hamda 21 ta aloqa tizimi yaxshilanadi.
- 556 ta avtobekat quriladi hamda 46,3 milliard so`mlik 189 ta zamonaviy avtobuslar xarid qilinadi;
- ichimlik suvi ta`minoti tizimini yaxshilash maqsadida 2 ming 219 kilometr yangi tarmoq hamda 221 ta suv inshooti quriladi, 729 kilometr tarmoqlar hamda 163 ta suv inshootlari rekonstruksiya qilinadi;
- 361 milliard so`m miqdoridagi mablag`lar hisobidan elektr va gaz ta`minoti tizimi yaxshilanadi;
- 214 ming 200 ta yakka tartibdagi uy-joylar hamda 1 ming 182 ta ko`p xonadonli uy-joylar ta`mirlanadi;
- 378 ta ko`p xonadonli uy-joylar hududlari obodonlashtiriladi;
- 280 ta bog`cha, 510 ta maktab, 237 ta sog`liqni saqlash hamda 439 ta boshqa ijtimoiy soha ob`ektlari quriladi;
- jami 2 ming 532 ta bozor infratuzilmasi ob`ektlari quriladi va ta`mirlanadi;
- 296 kilometr irrigasiya va 1 ming 538 kilometr meliorasiya ob`ektlari quriladi, 584 kilometr irrigasiya ob`ektlari tozalanadi.






