1

Nokia nomi ishlatilmagan ilk Lumia smartfoni rasman taqdim etildi

Hi-tech 12.11.2014, 08:32
Nokia nomi ishlatilmagan ilk Lumia smartfoni rasman taqdim etildi

O`ta arzon narxdagi ilk Microsoft Lumia 535 smartfoni bugun, 11 noyabr kuni rasman taqdim etildi. Bu haqda The Verge ma`lumotiga asoslanib «Parol» nashri xabar berdi.

Microsoft kompaniyasi Lumia smartfonlarida Nokia nomidan voz kechishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Lumia 535 esa ilk shunday smartfon bo`ldi. Biroq, u Nokia Lumia smartfonlaridan umuman farq qilmaydi va Windows Phone operasion tizimida ishlaydi.

Lumia 535 smartfonida 5 dyuym 540×960 pikselli displey, 1,2 GGs chastotaga ega to`rt yadroli prosessor, 1 Gb tezkor xotira, har biri 5 megapikselli old va orqa kamera o`rnatilgan.

Smartfon quyi xususiyatlarga ega hisoblansada, uning old kamerasi bu turdagi smartfonlar orasida juda yaxshi — unda ranglarni avtomatik ravishda tiniqlashtiruvchi funksiya hamda kengroq tasvir olish imkoniyati yaratilgan.

Microsoft Lumia 535 smartfoni Osiyo mamlakatlari va Rossiya uchun mo`ljallangan. U noyabr oyidan taxminan 130 dollar narxda sotila boshlanishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1