1

26 fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Jamiyat 25.02.2019, 15:26
26 fevral kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4, kunduzi 12-14 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 11-16 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`lishi mumkin (yomg`ir, qor). Qor ko`chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1