Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi Ohangaron yo`lining bir qismida harakatlanish vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
"Ta`mirlash ishlari olib borilayotgani sababli Ohangaron yo`lining «Yangiobod dehqon bozori» qarama-qarshi tomonidagi bir qismida harakatlanish vaqtincha to`xtatilgan", - deyilgan xabarda.
Ta`mirlash ishlari qachon yakunlanishi sanasi ma`lum qilinmagan.






